Rossiya, Özbekiston va Qozoğiston gaz ittifoqi kengayişi mumkin

Rossiya, Özbekiston va Qozoğiston gaz ittifoqi kengayişi mumkin

Rossiya, Özbekiston va Qozoğistonning uç tomonlama gaz ittifoqi boşqa davlatlarni ham qamrab olişi mumkin. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vazirligi Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Biriçevskiy RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib ötdi.

"Biz gaz sohasida uç tomonlama hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatini istisno qilmaymiz. Bunga boşqa davlatlar ham qiziqiş bildirayotganini bilamiz. Biz barça iştirokçilarning pozitsiyalarini hisobga olgan holda özaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikka oçiqmiz”, degan Biriçevskiy.

Biroq Biriçevskiy aynan qaysi davlatlar gaz ittifoqiga qiziqiş bildirayotganiga aniqlik kiritmagan.

Aytiş joizki, ötgan yilning noyabr oyida Rossiya Özbekiston va Qozoğistonga uşbu sohadagi uç davlatning tijorat manfaatlarini muvofiqlaştiriş uçun “uç tomonlama gaz ittifoqi” tuzişni taklif qilgan edi. 2023 yil yanvarida Özbekiston va Qozoğiston energetika vazirliklari “Gazprom” bilan hamkorlik rejasini imzolagan. 

Joriy yilning aprel oyida Özbekiston Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Özbekistonga Rossiyadan gaz yetkazib beriş “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali amalga oşirilişi rejalaştirilayotganini maʼlum qildi.

Iyul oyi örtalarida Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi va QazaqGaz örtasida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Rossiya tabiiy gazini Özbekiston isteʼmolçilari uçun taşiş böyiça kelişuv imzolangan. 

Eslatib ötamiz, oldinroq Qozoğistonning QazaqGaz şirkati joriy yilning oktyabr oyidan Özbekistonga Rossiya gazini taşişni yölga qöymoqçi ekanini maʼlum qilgandi.


×