“Ilm-fan va taʼlim” Telegram kanalida umumtaʼlim maktablarida öquv yili va öquv maşğulotlarini taşkil etişni takomillaştiriş çora-tadbirlari böyiça taklif loyihasi eʼlon qilindi.
Qayd etilişiça, umumtaʼlim maktablari öquvçilari, ayniqsa, boşlanğiç sinf öquvçilarining kuz-qiş mavsumi davrida öquv maşğulotlariga qatnaşidagi qator noqulayliklarni öquv yilining boşlanişi, tugaşi hamda taʼtil kunlarining muddatini özgartiriş va dars maşğulotlari davomiyligini qisqartiriş orqali sezilarli darajada bartaraf etiş mumkin.
Respublikamizdagi 10 000 ga yaqin umumtaʼlim maktablarining aksariyati qişloq hududlarda joylaşganligi, uşbu maktablarga 3 km radiusda joylaşgan xonadonlardan içki yöllarning hozirgi holatida qiş kunlarida, yoğingarçiliklar davrida ham öquvçilarning, ayniqsa, boşlanğiç sinf öquvçilarining piyoda qatnab öqiyotganligi, bu davrda öquvçilar kasal bölişlarining keskin köpayişi, umumtaʼlim maktablarining markaziy isitiş tizimlariga ulanmaganligi hamda kuz-qiş mavsumida issiqlik va elektr-energiyasiga bölgan ehtiyojning keskin ortib ketişi natijasida energiya tanqisligi vujudga kelişi, taʼlim muassasalarini kuz-qiş mavsumida isitiş uçun va elektr energiyasi uçun, jumladan, kömir sotib oliş uçun davlat byudjetidan 80-100 milliard sömga yaqin mablağlar sarflanayotganligi masalaning dolzarbligini körsatadi”, - deyiladi taklifda.
Taklif mualliflari quyidagilarni joriy qilişni ilgari surmoqda:
- öquv yilining boşlanişini 2 sentyabr kuni örniga 26 avgust,
- öquv yilining tugaş kunini esa 25 may örniga 31 may deb belgilaş,
- öquvçilar uçun amaldagi 4-9 noyabr, 28dekabr-10 yanvar, 21-27 mart kunlaridagi taʼtil kunlari örniga 25 dekabrdan 2 fevralgaça qişki taʼtilni joriy etiş;
- yozgi taʼtil vaqtining ikki haftaga qisqarişi munosabati bilan öqituvçilar uçun 11-25 yanvar kunlari davomida ikki haftalik haq tölanadigan mehnat taʼtilini berib boriş.
Uşbu takliflar joriy qilingan taqdirda, quyidagi natijalarga erişiş mumkin:
- kuz-qiş mavsumi davridagi isitiş va elektr energiyasi sarfi 30% atrofida tejaladi;
- uşbu maqsadlar uçun xarajatlar sarfi 20-30 milliard sömga kamayadi;
- öquvçilarga, ayniqsa, boşlanğiç sinf öquvçilariga qulayliklar yaratiladi;
- boşlanğiç sinf öqituvçilarining dars maşğulotlaridagi mehnat sarfi 10%ga yaqin qisqaradi.









