Namanganda öqituvçi 6-sinf öquvçisini jinsiy zörlab kelgani aytilmoqda

Namanganda öqituvçi 6-sinf öquvçisini jinsiy zörlab kelgani aytilmoqda

Viloyat maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi holat yuzasidan jinoyat işi oçilganini maʼlum qildi


Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyati Yangiqörğon tumanidagi 8-maktabda öqituvçi tomonidan voyaga yetmagan, 6-sinf öquvçiga nisbatan ehtimoliy jinsiy zöravonlik qilgani haqimda xabar tarqalgandi.

Namangan viloyati maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi Axborot xizmati xabariga köra, 2026 yil 28 mart kuni Yangiqörğon tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro tomonidan tuman içki işlar organlariga 8 - umumtaʼlim maktabida tahsil oluvçi voyaga yetmagan farzandiga nisbatan sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan murojaat kelib tuşgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, gumon qilinuvçi şaxs protsessual tartibda uşlangan hamda unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan har tomonlama, töliq va xolis tergov harakatlari olib borilmoqda. Qöşimça maʼlumotlar örnatilgan tartibda eʼlon qilinadi.

×