Uşbu holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.
“Jahon.uz”ning işonçli manbasi xabariga köra,2003 yil 13 aprel kuni Toşloq tumanida tuğilgan, örta maktab 11-sinf öquvçisi M.S.I. (Barça maʼlumotlar naşr ixtiyorida mavjud, ammo tergov siri bois uşbu maʼlumotlar oçiqlanmadi) 2010 yilda tuğilgan, voyaga yetmagan Q.Q.ni 14 yoşga tölmaganligini bila turib, unga nisbatan jinsiy ehtiyojini ğayritabiy usulda qondiriş maqsadida, “poyezd vagoni”ga olib kirib, unga zörlik işlatib, egnida bölgan iştonini yeçib, öz jinsiy ehtiyojini ğayritabiiy usulda qondirgani aytilmoqda.
Voyaga yetmagan Q.Q. voyaga yetmagan M.S.I. ni töxtatiş maqsadida bor ovozi bilan yordam sörab baqirgan vaqtida voyaga yetmagan M.S.I. unga agarda ovozini öçirmasa “söyib” taşlaşligini aytib, öldiriş bilan qörqitganini taʼkidlagan.
Sudga oid tibbiy ekspertiza amalda şunday holat bölganini tasdiqlagan, deydi "7news.uz".
2019 yil 26 noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Quva tuman sudi Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 119-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan M.S.I. tomonidan sodir etilgan qilmiş öta oğir jinoyatlar turkumiga kirişini, u tomonidan qayta jinoyat sodir etilişini oldini oliş va uni dastlabki tergov hamda suddan yaşiriniş ehtimoli borligini hamda uni oçiqda qoldirsa jabrlanuvçiga turli tazyiq ötkazişini inobatga olib, unga nisbatan uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş borasida ajrim çiqardi.
Uy qamoği muddati 2019 yil 26 noyabr soat 17:00 dan boşlab hisoblanişi belgilandi hamda ayblanuvçi M.S.I .ga xat-xabarlarni, yaʼni poçta-telegraf, faks orqali jönatmalari, özaro xat yozişmalari, şuningdek E-mail, SMS, MMS va boşqa elektron şakldagi xabarlarni qabul qiliş yoki jönatiş kabi çeklovlar qöyildi.









