Özbekistonda “Asalhoney” nomi bilan tanilgan insta-bloger Asal Xöjayevani öldirişda gumonlangan şaxs qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura Mabuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, “Asalhoney” qotilligida 1997 yilda Xorazm viloyatida tuğilgan şaxs gumonlanmoqda.
Boş prokuratura iş böyiça haqiqatni aniqlaşga tösqinlik qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida boşqa tafsilotlar oşkor qilinmasligini taʼkidladi.
Eslatib ötamiz, Asal Xöjayevaning murdasi joriy yilning 18 mart kuni soat 10:01 da Yaşnobod tumani IIO FMB Navbatçilik qismiga Yaşnobod tumani, Maxtumquli köçasi, 99-uy, 210-xonadonning yotoqxonasida qotillik alomatlari bilan topilgandi.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga köra, Asal Xöjayevaning ölimi qorin old sohasida bir dona sançilib kiruvçi kesilgan jarohati, böyin çap tomoni sançib kesilgan jarohati, boş miya yopiq jarohati, boş miya yumşoq töqimalariga qon quyilişi oqibatida yuz bergani aniqlangan.
Voqea joyi kriminalistika texnika vositalari yordamida közdan keçirilib, qonga öxşaş doğlardan namunalar, murda kiyimlari, qöl barmoq izlari, 1 dona noutbuk, 1 dona fleşka, 4 dona uyali aloqa telefoni, 4 dona bank plastik kartalari daliliy aşyo sifatida olingan.
Voqea joyiga Toşkent şahar prokurorining birinçi örinbosari Ikrom Narimov, şahar IIBB boşliğining birinçi örinbosari Uluğbek Tursunov, Yaşnobod tumani prokurori A.Donayev, şahar IIBB va tuman IIO FMB rahbariyati hamda tezkor tergov guruhi aʼzolari yetib borgan.









