Yöq tovarlarni sotib, odamlarni aldagan “bojxonaçilar” uşlandi

Yöq tovarlarni sotib, odamlarni aldagan “bojxonaçilar” uşlandi

Bojxona qömitasi nomidan fuqarolarni aldagan guruh qölga olindi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.


Maʼlum qilinişiça, jinoyatçilar Bojxona qömitasi nomidan foydalanib, fuqarolarni aldaş orqali ularning pullarini özlaştirib kelgan. Ular Telegram messenjerida “bojxona orqali arzon tovarlar kirib kelmoqda” mazmunida guruh oçib, aslida mavjud bölmagan mahsulotlarni sotuvga qöygan.

Firibgarlar dastlab işonç qozoniş maqsadida kiçik miqdorlarda pul olgan, keyinçalik esa mijozlardan töliq tölovlarni talab qilgan. Pul mablağlari ötkazilgaç, jabrlanuvçilar bilan aloqa uzilib, ular telefon raqamlari va messenjerlarda bloklab qöyilgan.

Mazkur jinoyat işi doirasida 5 nafar şaxs aniqlanib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b”, “g” bandlari bilan ayblov eʼlon qilingan. Gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan.


Teglar:
×