Özbekiston BAA bilan bojxonaçilar tayyorlaydi

Özbekiston BAA bilan bojxonaçilar tayyorlaydi

Endilikda Bojxona instituti kursantlari 2-kursda bir oy, 3-kursda uç oy va 4-kursda olti oy bojxona postlarida amaliyot ötaydi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2022 yilda bojxona maʼmurçiligini yanada takomillaştiriş va sohani korruptsiyadan xoli tizimga aylantiriş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan ötkazilayotgan yiğilişda aytib ötdi.

Yiğilişda bojxona tizimida kadrlar tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça işlarni kuçaytiriş vazifasi qöyildi. Şu sabab, endilikda Bojxona instituti kursantlari 2-kursda bir oy, 3-kursda uç oy va 4-kursda olti oy bojxona postlarida amaliyot ötaydi. 

Şuningdek, institutda bojxona xodimlari va kursantlarga xorijiy tillarni örgatiş, ularning madaniyati, saviyasi, IT könikmalarini tizimli oşiriş kerakligi qayd etildi.

Şuningdek, institutda standartlar va metrologiya, nazorat uskunalarini boşqariş kabi yönalişlar böyiça ham mutaxassislarni tayyorlaşni yölga qöyiş lozim.

"Bojxona institutini töliq transformatsiya qilamiz", deydi Prezident.

Şuningdek, uç oy muddatda Birlaşgan Arab Amirliklari tajribasini çuqur örganib, qöşma qadr tayyorlaş dasturini joriy qiliş bojxona xodimlari uçun raqamli texnologiyalarga öqitiş kurslarini taşkil etib, joriy yilda 500 nafar xodimni öqitiş topşirildi.

Bojxona qömitasiga kadrlar tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş böyiça Jahon bojxona taşkiloti bilan hamkorlikni kengaytirişga körsatma berildi.

Teglar:
×