Sirdaryoda kam taʼminlangan oilalarga qurilayotgan arzonlaştirilgan uy oliş uçun röyxatga qöşiş evaziga fuqarodan 400 dollar olgan Guliston tuman hokimi örinbosari qamaldi. Bu haqda Sirdaryo viloyat sudining jinoyat işlari böyiça sudyasi Baxtiyor Mamadaminov maʼlumot berdi.
Qayd etilişiça, viloyat hududiy “Çorvanasl” markazi Guliston tumani yetakçi mutaxassisi lavozimida işlovçi M.X. va yana bir guruh firibgarlar til biriktirib, fuqaro M.K.ning işonçiga kirgan. Şundan söng, ular fuqarodan Guliston tumani hokimi örinbosari B.S.ga 400 AQŞ dollari miqdorida pora beriş evaziga, “Yulduz” massivida kam taʼminlangan oilalar uçun qurilayotgan köp qavatli arzonlaştirilgan uy oliş uçun röyxatga qöşişni vaʼda qilgan.
Xabarga köra, hokim örinbosari B.S. fuqaro M.K.dan 400 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan hoqim örinbosariga Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan JKning 45-moddasini qöllab, 2 yil 6 oy muddatga davlat organlarida mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblaş miqdorining 300 baravari miqdorida 73 500 000 söm jarima jazosi tayinlangan.
Şuningdek, M.X.ga JKning 25, 168-moddasi 2-qismi “b” bandi, 28, 211-moddasi 1-qismi bilan JKning 45, 59, 61-moddalari tartibida 2 yil muddatga davlat organlarida mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 2 yil 2 oy ozodlikni çeklaş jazosini tayinlangan.









