Angliyada işçilar bino ostidan taxminan 2000 yillik qadimgi Rim davriga oid quduqni topdi. Bu haqda “Jam Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, arxeologik topilmani Linkolnşir grafligining Kaystor şahridagi binoni taʼmirlayotgan işçilar aniqlagan. Dökon hovlisida taxminan ikki ming yil avval, Rim davrida qurilgan deb taxmin qilinayotgan quduq topilgan.
Şahar maʼmuriyati vakili Pol Kirkbining sözlariga köra, işçilar avvaliga yopqiçlarga duç kelgan, ularning ostida esa qadimiy quduq bölgan. Qayd etilişiça, inşoot keyinçalik Georg davri ğiştlaridan foydalanilgan holda qisman qayta qurilgan.
“Bu mutlaqo kutilmagan voqea böldi. Hozirda quduq yana yopib qöyildi, ammo kelajakda uni qayta tiklaş va ekspozitsiyaning bir qismiga aylantiriş uçun mablağ topişga umid qilamiz”, deydi Kirkbi.
Quduq joylaşgan bino Georg davriga mansub bölib, unda Viktoriya davri meʼmorçiligi elementlari ham bor. Hozirda obʼekt rekonstruktsiya qilinmoqda. Işlarni 2026 yil yozining oxirigaça yakunlaş rejalaştirilgan.









