Dengiz ostidan 700 yil avval suvga çökkan şahar topildi

Dengiz ostidan 700 yil avval suvga çökkan şahar topildi

Buyuk Britaniyaning Norfolk grafligi sohillari yaqinida ğavvoslar XIV asrda dengiz ostida qolgan Şipden örta asr şaharçasiga tegişli bölişi mumkin bölgan 25 ta inşoot qoldiğini aniqladi. Bu haqda “What’s The Jam” xabar berdi. 

Qayd etilişiça, topilmalar Kromer sohillaridan bir neça yuz metr uzoqlikdagi dengiz tubidan aniqlangan. Ular orasida çaqmoqtoşdan qurilgan inşootlar, toş konstruktsiyalarning quyi qismlari va kesilgan toş bölaklari bor.



Tadqiqotçilarning fikriça, mazkur inşootlar XIV asrda Şimoliy dengiz suvlaridan hududni himoya qiliş maqsadida qurilgan tösiqlar tarkibiga kirgan bölişi mumkin. Yana bir taxminga köra, ular 1390 yilda qurilişiga ruxsat berilgan pirs bilan boğliq bölişi mumkin. Mutaxassislar hozirça bu fikrlar faqat taxmin ekanini taʼkidlamoqda.

Şipden bir vaqtlar Norfolkning şimoliy sohilidagi rivojlangan aholi punkti bölgan. 1086 yilda tuzilgan “Domesday Book”da şaharçada 117 nafar aholi, 3 akr ötloq, 36 ta çöçqani boqişga yetarli örmon, port va ikkita çerkov bölgani qayd etilgan.

Keyinçalik dengiz sohilining yemirilişi oqibatida şahar asta-sekin suv ostida qolgan. 1362 yil yanvar oyidagi kuçli böron esa sohilga jiddiy zarar yetkazgan.

Topilmalar Şipden bilan boğliq maşhur afsonalardan biriga ham oydinlik kiritişi mumkin. Xususan, mahalliy rivoyatlarda dengiz ostidagi “Church Rock” deb ataluvçi joyda Avliyo Pyotr çerkovining minorasi saqlanib qolgani, hatto böron paytida uning qönğiroği ovozi eşitilişi aytilgan.

Biroq ğavvoslar hozirça mazkur joyda çerkovga tegişli ekanini aniq tasdiqlaydigan inşootni topmagan. Tadqiqotçilar “Church Rock” çerkov emas, balki örta asrlarda dengizdan himoyalaniş uçun qurilgan çaqmoqtoş inşooti bölişi mumkinligini bildirgan.

Mutaxassislar maxsus suratga oliş texnologiyalari yordamida topilmalarning dastlabki 3D modellarini ham yaratgan. Tadqiqot davomida aniqlangan inşootlarning ayrimlari asrlar davomida suv ostida bölişiga qaramay, 8–10 qator toş balandligida saqlanib qolgan.

Tadqiqotçilar hozirça aniq xulosalar emas, balki mavjud dalillar asosida turli taxminlarni ilgari surmoqda. Ular kelasi yili mazkur hududda tadqiqotlarni davom ettirişni rejalaştirgan.

Topilmalar va ularning 3D rekonstruktsiyalari Kromer muzeyida namoyiş etilişi hamda maxsus onlayn platformada eʼlon qilinişi kutilmoqda.


Teglar:
×