Mirziyoyev yangi maslahatçisi Çakrabarti bilan nimalarni muhokama qildi?

Mirziyoyev yangi maslahatçisi Çakrabarti bilan nimalarni muhokama qildi?

Joriy yilning sentyabr oyi örtalarida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining sobiq rahbari Suma Çakrabarti Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlaniş, samarali boşqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlanişi kutilayotgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 19 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev maslahatçi lavozimiga tayinlangan Suma Çakrabartini qabul qildi. Uçraşuvda Özbekistonda islohotlar dasturini uzoq muddatli istiqbolda davom ettirişning strategik yönalişlari körib çiqilgan.

Prezident Matbuot xizmatiga köra, uçraşuvda çuqur va har tomonlama tahlil asosida, ilğor xalqaro amaliyot va tajribani hisobga olgan holda Özbekistonda yangi ösiş nuqtalarini aniqlaş va yangilanişlarni samarali davom ettirişni taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilgan. 

Xususan, mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va raqobatdoşligini oşiriş, davlat boşqaruvi tizimini isloh qilişni çuqurlaştiriş va boşqaruv kadrlari sifatini tubdan oşiriş, respublikada investitsiya va işbilarmonlik muhitini takomillaştirişning ustuvor yönalişlari körib çiqilgan. 

Avvalroq, Suma Çakrabarti Qozoğiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlaniş masalalari böyiça ştatdan taşqari maslahatçisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Eslatib ötamiz, Suma Çakrabarti 8 yil davomida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankiga rahbarlik qilgan. U “Trend” naşriga bergan intervyusida Özbekiston iqtisodi juda yaxşi rivojlanayotganini va bu yiliga 5-6 foizni taşkil etayotganini aytib ötgandi.

Çakrabartining taʼkidlaşiça, Jahon bankining "Iş yuritiş qulayligi" sönggi hisobotida, Özbekiston oxirgi ön ikki oy içida işbilarmonlik muhiti eng yaxşilangan yigirma mamlakat qatoriga kiritilgan.

Maʼlumot uçun, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Suma Çakrabartini "Döstlik" ordeni bilan mukofotlagandi.

×