Putin Erdöğan bilan yadro qurolidan foydalanişni muhokama qildi

Putin Erdöğan bilan yadro qurolidan foydalanişni muhokama qildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanni yadro qurolidan foydalaniş rejasi yöqligiga işontirdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi Turkiya yetakçisining matbuot kotibi Ibrohim Kalinga asoslanib xabar berdi.

Ibrohim Kalinning sözlariga köra, har ikki Prezident ötgan yildan beri muzokaralar olib boryapti. Erdöğan Putinni “eskalatsiyani iloji boriça kamaytirişga” köndiryapti.

Kalinning aytişiça, hozirça “tomonlarning heç biri uruşda ğolib bölib körinmayapti”, çunki frontda ösiş yöq.

Diplomat Turkiya yana bir bor Rossiya va Ukrainani muzokaralarga qaytişga çaqirib, “bu vaqt içida qurbonlar soni ortişi va yöqotilgan hududlar köpayişi mumkinligini aytib ötganini” qöşimça qildi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin muntazam ravişda yadro qurolidan foydalaniş haqida bayonotlar bermoqda. 24 fevral kuni uruş boşlanişi munosabati bilan ruslarga murojaati çoğida u sodir bölayotgan voqealarga aralaşişga qaror qilganlar “öz tarixlarida heç qaçon uçramagan” javob olişlariga vaʼda bergandi.

Sentyabr oyida Putin hududiy yaxlitlikka tahdid yuzaga kelgan taqdirda Rossiya “ixtiyoridagi barça vositalardan” foydalanişini aytgan edi. Köp ötmay, Rossiya Ukrainaning törtta viloyatini anneksiya qildi.

1 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainaning barça hududlarini qaytarib olişi Rossiyaning mavjudligiga tahdid ekanligini aytdi.

2 noyabr kuni “The New York Times” gazetasi AQŞ rasmiylari orasidagi manbalarga tayanib, rossiyalik generallar oktyabr oyida Ukrainada yadro qurolidan foydalaniş variantlarini muhokama qilgani haqida xabar berdi. Şu bilan birga, naşrning taʼkidlaşiça, hozirda Vaşingtonda Rossiya zarbaga töğridan-töğri texnik tayyorgarlik körişni boşlagani haqida heç qanday dalil yöq.


×