Isroilning Eron bilan davom etayotgan qurolli mojarodagi harbiy xarajatlari kuniga yuzlab million dollarni taşkil qilmoqda. Bu haqda öz tahlilçilariga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Ekspertlar hisob-kitobiga köra, harbiy harakatlar bir oyda Isroilga 12 milliard dollarga tuşişi mumkin. Faqat havo hujumiga qarşi mudofaa vositalaridan foydalanişning öziga kuniga 200 million dollargaça mablağ sarflanmoqda. Eron zarbalaridan keyingi infratuzilma va uy-joylarni tiklaş işlari esa kamida 400 million dollarga tuşadi.
Bu darajadagi moliyaviy yuk Isroilning uzoq muddatli harbiy harakatlarni olib boriş qobiliyatiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.
Isroildagi Milliy xavfsizlik tadqiqotlari instituti eksperti Yegoşua Kalinskiyning aytişiça, “David’s Sling” deb nomlanuvçi havo mudofaa tizimini faollaştiriş har bir holatda 700 million dollarga tuşadi. Şuningdek, “Strela-3” tizimi orqali bitta raketani yöq qiliş uçun 4 million dollar sarflanadi. Zamonaviy F-35 qiruvçi samolyotining bir soatlik parvozi 10 ming dollarni taşkil qiladi.
Mutaxassislarning fikriça, bunday ulkan xarajatlar bilan Isroil hukumati mojaroni imkon qadar tezroq yakunlaşga harakat qilyapti.
Isroil-Eron uruşi
Joriy yilning 13 iyun kuni Isroil fors davlatining turli şaharlarida yadroviy inşootlarga va Eron oliy harbiy rahbariyatining joylaşuviga keng kölamli zarbalar berişni boşladi. Hujumlarda Eron boş ştab boşliği, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi boş qömondoni, bir qança yuqori martabali harbiy amaldorlar va töqqiz nafar eronlik yadro olimi halok bölgan. Eronda 13 iyun kunidan beri kamida 585 kişi halok böldi, 1300 dan ortiq kişi jarohatlandi.
Eron bunga javoban Isroilga ballistik raketa hujumi uyuştirdi. Rasmiy maʼlumotlarga köra, hujum oqibatida 24 kişi halok bölgan, 500 dan ortiq kişi jarohatlangan.









