Ölim xavfi mavjudligi sabab iloji boriça taşqariga çiqmayotgan Ğazodagi falastinliklar öt oçiş töxtatilgandan söng Isroil nimalar qilganini yaxşiroq köriş uçun öz mahallalari böylab kezişdi.
Odamlar Isroil tomonidan vayron qilingan xonadonlardan qolgan ulkan beton uyumlarini köriş uçun töxtaşar, baʼzi joylarda çiqindilar hatto köçalarni tösib qöygandi.
Ular körgan narsalar, aslida, hayratlanarli emasdi. Çunki nimalar röy berayotgani televizorda ham namoyiş etilgan edi.
Isroil siyosatçilari va qömondonlari Ğazodagi «terror infratuzilmasi» deb bilganlari – HAMAS va boşqa kiçik taşkilotlarga jiddiy zarar berganliklarini daʼvo qilişmoqda.
Han Yunus şahridagi hayotni dafn marosimlari töxtatib qöydi. Bir neça ming kişi sport maydonçasida namoz öqişadi va Falastin bayroğiga öralgan jasadlarni kötarib zambillarga ergaşişadi.
Isroil ham, HAMAS ham ğalaba qozongani haqida eʼlon qildi.
Isroil rahbarlari vayron qilingan binolar va nişonga olingan HAMAS qömondonlari hamda raketaga qarşi mudofaa tizimi – «Temir gumbaz»ning muhim yutuqlarini qayd etişmoqda.
HAMAS esa ğalabani tirik qoliş, deb taʼriflamoqda. Taşkilotning Ğazodagi yetakçisi Yahyo Sinvar sulhdan bir kun ötib, ğalaba qozongan kabi yaşiringan joyidan çiqib keldi. Çunki HAMAS ham siyosiy tabloga mamnuniyat bilan qaraşi mumkin.
Ğazodan 100 kilometr uzoqlikda joylaşgan Quddusdagi Al-Aqso masjidida HAMAS şiorlari yangradi. HAMAS falastinliklarga Quddusda kuraşişga va ularning huquqlari uçun badal tölaşga tayyor ekanligini baralla aytdi.
Falastin rahbari Mahmud Abbos xalqaro miqyosda Falastinni ozod qiliş taşkiloti va Falastin maʼmuriyati raisligi orqali öz xalqining ovozi sifatida tanilgan bölsa-da, falastinliklar öz prezidentlarining faoliyatidan mamnun emaslar. U may oyida ötkazilişi kerak bölgan ammo özi mağlub bölişi aniq bölib qolgan saylovlarni bekor qildi. Falastinliklar 2006 yildan beri prezidentlik va parlament saylovlarida ovoz bermaydi.
Boşqa tomondan, HAMASning Quddus uçun oxirigaça kuraşiş haqidagi oddiy şiori istilo qilingan hududlarda yahudiy aholi punktlarining qurilişini töxtatiş tugul, sekinlatişni ham uddalay olmagan Abbosdan hafsalasi pir bölgan falastinliklar qalbida umid olovini yoqmoqda.
Isroilda ham boş vazir Binyamin Netanyahu HAMAS bilan 11 kunlik töqnaşuvdan oldingi siyosiy jihatdan omon qoliş kuraşiga yana qaytadi.
Netanyahu şu qadar jiddiy korruptsiya ayblovlari bilan ayblanmoqdaki, u hatto Isroilning ön oltinçi boş vaziri Exud Olmert singari qamoqqa tuşişi ham mumkin. HAMAS Quddusga raketa otib, mojaroni juda kuçaytirib yuborgan 10 may kuni Netanyahu öz kursisini yöqotiş arafasida edi.
Sönggi ikki yil içida ötkazilgan tört saylovda na Netanyahu va na uning raqiblari parlamentdagi köpçilik örinni qölga kirita olgan. Netanyahu bir oy kuraş olib borganiga qaramay, parlamentda koalitsion hukumat tuziş uçun zarur bölgan 61 ovozni ololmadi.
Navbat uning asosiy raqibi Yair Lapidga kelganday, hukumat köpçilikni taşkil etayotganini eʼlon qilişiga bir neça kun, hatto bir neça soatlar qolganday tuyulmoqda edi. Ovoz yiğiş uçun hali ham vaqti bor, ammo beşinçi umumiy saylov ötkazilişi ehtimoli yuqori.
Isroil, şuningdek, yahudiy köpçilik va aholining 20 foizini taşkil etuvçi arablar masalasi bilan ham şuğullanişi kerak.
Netanyahuning qutblantiruvçi ritorikasi va ekstremist yahudiy millatçilarini quçoqlaşi murakkab vaziyatni yanada murakkablaştirib yubordi.
Isroil va HAMAS örtasidagi avvalgi töqnaşuvlarda bölgani kabi bu safargi sulh ham faqat tanaffusdir. Çunki muammo hal qilinişi tugul, muzlatib qöyilmadi hatto. Sulh navbatdagi inqiroz bilan sinovdan ötkazilgunça davom etadi. Bu – Ğazoga otilgan bir raketa yoki Quddusda Isroil politsiyasining falastinliklarga qarşi zöravonligi yoki Şarqiy Quddusdagi Şayx Jarrohda yahudiylar tomonidan falastinliklarni uylaridan haydaşga uriniş ham bölişi mumkin. Qolaversa, uylaridan çiqarib yuborilgan falastinlik oilalar örniga köproq yahudiylarning joylaştirilişi Quddusdagi zöravonlikning asosiy sabablaridan biri bölgandi.
Bu böyiça Isroil tomonidan amalga oşiriladigan işlar vaziyatni tinçlantiriş uçun keçiktirildi. Biroq daʼvo töxtatilmadi va oxir-oqibat hukm çiqariladi. Şu nuqtayi nazardan, Isroildagi huquqiy jarayon xronologiyasi sulhning birinçi yirik sinovi bölişi mumkin.









