Prezident Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston quruvçilariga bayram tabrigi yöllandi.
Avvalo, öz hayotini dunyodagi eng şarafli kasblardan biri bölgan quriliş sohasiga bağişlagan siz, azizlarni qutluğ kasb bayramingiz bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barçangizga özimning çuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Heç şubhasiz, bugun biz köp millatli xalqimiz bilan birgalikda barpo etayotgan Yangi Özbekistonda yuz berayotgan eng muhim özgarişlar haqida söz yuritganda, barça mintaqa va hududlarimizni qamrab olgan keng kölamli quriliş va obodonlaştiriş işlari haqida alohida fikr yuritişimiz tabiiydir.
Çindan ham, sönggi yillarda yurtimiz ulkan quriliş va bunyodkorlik mamlakatiga aylandi. Xalqimizning köz öngida qad rostlayotgan zamonaviy turar-joylar, işlab çiqariş va xizmat körsatiş majmualari, muhandislik-kommunikatsiya, yöl va transport tarmoqlari, taʼlim-tarbiya, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport muassasalari, boğ va xiyobonlar, obod şahar va qişloqlarimiz qiyofasida sizlarning beqiyos kuç-ğayratingiz, yuksak salohiyat va mahoratingiz mujassam ekanini eʼtirof etgan holda, barçangizni yangi hayot bunyodkorlari deya eʼzozlab, fidokorona mehnatingiz uçun çin dildan taşakkur bildiramiz.
Qadrli bunyodkorlar!
Maʼlumki, hozirgi kunda quriliş sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanç tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Joriy yilning birinçi yarmida quriliş işlari hajmi 2023 yilga nisbatan 10 foizdan ziyod ortib, salkam 80 trillion sömga yetgani, sohaning yalpi içki mahsulotimizdagi uluşi 6 foizdan köproqni taşkil etayotgani buning yaqqol tasdiğidir.
Eng asosiysi, barça sohalar qatori quriliş tarmoğidagi ulkan işlarimiz ham inson qadrini uluğlaş, uning hayotiy manfaatlarini taʼminlaşga qaratilmoqda. Ötgan yili birgina investitsiya dasturi doirasida 2 ming 526 ta ijtimoiy va infratuzilma obʼektlarida quriliş va rekonstruktsiya işlari bajarilgani, “Taşabbusli byudjet” tizimi asosida mahallalarimizdagi 4 mingdan ortiq obʼektda 4,5 trillion sömlik quriliş va obodonlaştiriş işlari amalga oşirilgani ham şundan dalolat beradi.
Ayniqsa, keyingi yillarda xalqimiz uçun zamonaviy uy-joylar barpo etiş böyiça misli körilmagan natijalar qölga kiritilayotganini taʼkidlaş lozim. Oxirgi yetti yarim yilda jami 412 mingta kvartiradan iborat yoki 26 million kvadrat metrlik qariyb 10 mingta uy-joylar barpo etilgani misolida bunga töla işonç hosil qiliş mumkin.
Bu işlarimizning davomi sifatida joriy yilda 52 ta hududda “Yangi Özbekiston” massivlari bunyod etilmoqda. “Yangi Toşkent” va Olimpiya şaharçasi kabi mega obʼektlarimizda ham bunyodkorlik işlari yuqori surʼatlar bilan olib borilmoqda. Sohada “yaşil” standartlar, energiyani tejaydigan yangi texnologiyalar, “aqlli şahar”, “aqlli uy” tamoyillari faol qöllanmoqda.
Quriliş sohasida birinçi marta yuqori malakali kadrlar, mustahkam materiallar, maşina va mexanizmlar bazasi hamda mezonlarni özida ifoda etadigan resurslar milliy klassifikatori şakllandi, mutaxassislarni sertifikatlaş tizimi joriy qilinib, Kompetentsiyani rivojlantiriş instituti taşkil etildi.
Hurmatli bayram iştirokçilari!
Quriliş sohasini bugungi şiddatli zamon talablariga mos holda rivojlantiriş, şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqişda jamoatçilik fikrini örganiş va ularning ijrosi böyiça jamoatçilik nazoratini örnatiş bugungi kunda ğoyat dolzarb ahamiyatga ega.
Şuningdek, loyiha taşkilotlari faoliyatini takomillaştiriş, quriliş materiallari bozorini tartibga soliş, raqamlaştiriş işlarini çuqurlaştiriş, bino va inşootlarda qulay va ekologik xavfsiz yaşaş şaroitlarini yaratiş, energiya samaradorligini oşiriş, quriliş işlari jarayonida xavfsizlik va taʼsirçan nazoratni taʼminlaş böyiça oldimizda katta vazifalar turganini siz – sohada katta bilim va tajribaga ega bölgan işçi va quruvçi, meʼmor va muhandislar, olim va mutaxassislar yaxşi bilasiz.
Işonçim komil, sizlar ana şunday murakkab va masʼuliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli ado etişda yanada jonbozlik körsatib, quriliş sohasi ravnaqini yangi bosqiçga olib çiqasizlar.
Albatta, soha vakillarining maşaqqatli mehnatini rağbatlantiriş, iş va turmuş şaroitlarini yaxşilaş masalalariga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz.
Siz, azizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, tuganmas kuç-ğayrat, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman.
Jonajon Vatanimizni har tomonlama gözal va obod etişda sizlarga yangi zafar va omadlar yor bölsin! — deyiladi Şavkat Mirziyoyev tabrigida.









