1 oktyabr – bayram arafasida neça kun dam beriladi?

1 oktyabr – bayram arafasida neça kun dam beriladi?

Mehnat kodeksiga köra, 1 oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni işlanmaydigan bayram hisoblanadi.

Bu yil 1 oktyabr yakşanbaga töğri kelmoqda, yakşanba esa umumiy dam oliş kuni.

Dam oliş kuni işlanmaydigan bayram kuniga töğri kelganda, dam oliş kuni bayramdan keyingi iş kuniga köçiriladi.

Yaʼni, xodimlar 1 oktyabr bayram bölganligi uçun dam oladi, yakşanba dam oliş kuni esa duşanbaga köçiriladi.

Şunda:

  • 5 kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar 3 kun – 30 sentyabr (şanba), 1 oktyabr (yakşanba) hamda 2 oktyabr (duşanba) dam oladi.
  • 6 kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar esa 2 kun – 1 oktyabr (yakşanba) hamda 2 oktyabr (duşanba) dam oladi.

Uşbu qoida barça xodimlar uçun – xususiy korxonalarda işlaydiganlar uçun ham, davlat işida işlaydiganlar uçun ham amal qiladi.

Uzluksiz işlab çiqariş, aholiga har kuni xizmat körsatiş, navbatçilik asosida işlaş zarurati bölgandagina dam oliş kuni köçirilmaydi.

Uşbu qoida Prezidentning 2022 yil 23 dekabrdagi Farmonida ham belgilab qöyilgan.

Oylik bayramdan keyin beriladimi?

Oylik (iş haqi) tölanadigan kun dam oliş kuniga yoki işlanmaydigan bayram kuniga töğri kelib qolganda iş haqi uşbu kunlar arafasida tölanadi.

Oylik tölaş muddati jamoa şartnomalarida belgilanadi, aksariyat jamoa şartnomalarida oylik beriladigan kun sifatida yangi boşlangan oyning 1-kuni belgilangan, şunday holatlarda oylik 1 oktyabrdan oldin tölanişi kerak.

Oylik oliş vaqti keçiktirilsa, keçiktirilgan har bir kun uçun Markaziy bank qayta moliyalaş stavkasining 10 foizi miqdorida kompensatsiya tölanişi kerak.


Teglar:
×