Reklama qonunçiligi buzilişi yuzasidan “Universalbank” ATBga nisbatan moliyaviy jarima qöllanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Raqobat qömitasi tomonidan ötkazilgan örganişlar davomida “Universalbank” ATB tomonidan eʼlon qilingan “Sarmoya 25” nomli omonat turi reklamasida uşbu omonat turi böyiça yillik foiz stavkasi 25 foizni taşkil etişi haqida axborot berilganligi kuzatilgan.
Mazkur reklama böyiça bankning rasmiy veb-sayti örganilganda, bank tomonidan taklif etilayotgan “Sarmoya–25” omonatning şartlariga köra, omonatning muddati 18 oy bölib, yillik foiz stavkasi 22 foizni taşkil etişi, foizlar har oyda tölanişi va kapitalizatsiya qilinmasligi holati maʼlum qilingan. Bundan taşqari omonat turi yuzasidan boşqa muhim maʼlumotlar (omonat muddati, omonat kiritişning eng kam miqdori va boşqalar) berilmaganligi holatlari aniqlangan.
Yuqoridagilarga köra, Qömita maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama töğrisida”gi hamda “Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunlar talablari buziliş alomatlari yuzasidan “Universalbank” ATBga nisbatan iş qözğatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qöllanilgan.
Şuningdek, qonunbuziliş holatini bartaraf etiş va kelgusida yöl qöymaslik böyiça körsatma berilgan.









