“Sevimli” telekanali jarimaga tortildi

“Sevimli” telekanali jarimaga tortildi

Sud qarori bilan “Sevimli” telekanali Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 1771-moddasi (Mualliflik huquqini va turdoş huquqlarni buziş)ga muvofiq jarimaga tortildi. Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi. 

Bildirilişiça, muallif R. Xudoyberdiyevga tegişli musiqiy asarlar “Sevimli” telekanali tomonidan bir neçta telenovellalarda ruxsatisiz hamda tegişli şartnoma tuzmagan holda foydalanilgan hamda Splay va YouTube platformalari orqali barçaning eʼtiboriga yetkazilgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 1771-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnoma rasmiylaştirilib, tegişli sudga yuborildi.

Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudining qaroriga köra, huquqbuzarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 1771-moddasining birinçi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

Maʼlumot uçun, qonunçilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanişi örniga bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigaça miqdorda tovon tölaşini talab qilişga haqli hisoblanadi.


×