AQŞ Prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanelni hokimiyatdan çetlatişga urinmoqda. Bu haqda törtta manbaga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.
Qayd etilişiça, muzokaralar davomida Amerika tomoni Kuba Prezidenti ketişi kerakligini tuşuntirgan, biroq keyingi qadamlarni kubaliklarning ixtiyoriga qoldirgan. Tramp maʼmuriyati mulozimlariga köra, Dias-Kanelning ketişi Kubada Vaşington kutayotgan tarkibiy iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişga imkon beradi, çunki amaldagi Prezident buni qöllab-quvvatlaşi dargumon.
NYT suhbatdoşlaridan birining aytişiça, Vaşington, şuningdek, hali ham Fidel Kastro ğoyalariga sodiq qolgan baʼzi keksa amaldorlarning hokimiyatdan çetlatilişini xohlamoqda. Şu bilan birga, AQŞ hozirça mamlakatda katta taʼsirga ega bölgan Kastro oilasi aʼzolariga qarşi keskin çoralar talab qilmayapti.
Gazeta manbasiga köra, Kuba Prezidentining almaştirilişi Donald Tramp uçun “ramziy ğalaba” böladi va unga xuddi Venesueladagi kabi AQŞga uzoq vaqt qarşi çiqqan çap qanot hukumati yetakçisini ağdarganini eʼlon qiliş imkonini beradi.
“Amerika rasmiylari nazarida muzokaralar Kubani öz iqtisodiyotini Amerika biznesi va kompaniyalari uçun bosqiçma-bosqiç oçişiga, qaram davlat yaratişga zamin hozirlaşga hamda Tramp eʼlon qilişi mumkin bölgan bir neçta ramziy siyosiy ğalabalarga erişişga qaratilgan”, deyiladi maqolada.
65 yoşli Migel Dias-Kanel 2018 yildan beri Kuba Prezidenti lavozimini egallab kelmoqda. “The New York Times” uni davlatning nominal rahbari deb ataydi. Uni öz vorisi sifatida sobiq prezident, hozirda 94 yoşda bölgan va hali ham mamlakatda katta taʼsirga ega Raul Kastro tanlagan edi.









