Tramp koronavirus paydo bölişiga Xitoyni sababçi ekanini aytib, 60 trillion dollar tovon tölaşni talab qilmoqda

Tramp koronavirus paydo bölişiga Xitoyni sababçi ekanini aytib, 60 trillion dollar tovon tölaşni talab qilmoqda

Tramp Si Szinpinni "qotil" deb atadi.

"Xitoy koronavirusning paydo qilgani uçun butun dunyoga 60 trillion dollar tovon tölaşi kerak böladi. Men bilaman, Xitoyning bu kompensatsiyalarni tölaş uçun yetarli mablaği yöq. Lekin butun dunyo şu kasallikning ketidan 60 trillion dollarga yaqin zarar kördi. Şu sabab tovon tölaşi kerak deb hisoblayman" — dedi AQŞning sobiq prezidenti.

Sobiq prezidentning sözlariga köra, Xitoy dunyoga dahşatli ofat keltirgan. Şu bilan birga, siyosatçi öz sözlarini tasdiqlovçi heç qanday dalil keltirmagan.

"Ular bu kasallikni oldini oliş uçun endi nimadir qilişi kerak. Keltirgan bu ofatning oxiri yöqdek", — dedi Tramp.

Tramp Si Szinpinni «qotil» deb atagan jurnalistning sözlarini qöllab-quvvatladi.

“U qotil, lekin pandemiya boşlanişidan oldin Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin bilan juda yaxşi munosabatda bölganman" — dedi sobiq prezident.

Teglar:
×