Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasining braziliyalik hujumçisi Neymar jamoa boş murabbiyi Xorxe Jezusni istefoga çiqarişga çaqirdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
18 sentyabr kuni Osiyo çempionlar ligasi doirasidagi öyinda «Navbahor» bilan 1:1 öynagan klub hujumçisi Neymar murabbiyni ketkaziş payiga tuşgan.
Asabiy ötgan öyinda Neymar raqibini turtib yubordi va raqib yiqilib tuşganda töp bilan unga zarba berdi. Mundo Deportivo xabariga köra, Jezus kiyim tekşiruvida braziliyalikni tanqid qilgan va bu futbolçi va murabbiy örtasida mojaroga sabab bölgan. Endi forvard jamoa rahbariyatidan portugaliyalik mutaxassisni istefoga çiqarişni talab qilmoqda.
Neymar 15 avgust kuni Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga ötdi. «PSJ» forvardni bonuslarni qöşganda 90 million yevroga sotgan.









