Qozoğistonning Temirtau şahrida yaşovçi 48 yoşli ayol 13-farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 2 mart kuni Larisa Kuznetsova viloyat klinik şifoxonasining 1-sonli perinatal markazida öğil farzandli bölgan. Çaqaloq 3650 gramm vaznda va 54 sm böy bilan tuğilgan. Tuğruq tabiiy yöl bilan ötgan va ona ham, bola ham yaxşi holatda ekani aytilmoqda.
Yangi tuğilgan Emin oiladagi 13-farzand hisoblanadi. U Larisaning töqqizinçi öğli bölib, uning eng katta qizi hozir 25 yoşda.
Larisaning aytişiça, u özi ham katta oilada ulğaygan. Uning turmuş örtoği esa yolğiz ösgan bölsa-da, vaqt ötişi bilan katta oilaga könikib ketgan. Ayol, şuningdek, farzandining soğ-salomat tuğilişida yordam bergan şifokorlarga minnatdorçilik bildirgan.









