Saudiya Arabistoni armiyasini şay holatga keltirdi

Saudiya Arabistoni armiyasini şay holatga keltirdi

Yamanda husiy isyonçilar bilan töqnaşuvlar ortidan Saudiya Arabistoni armiyasi yuqori şay holatga keltirildi, deb yozadi Bloomberg manbalarga tayanib.

Qayd etilişiça, ötgan haftada janubi-ğarbiy Jazan viloyatida husiylar bilan jangda Saudiya Arabistonining tört nafar askari halok bölgan va armiya qirollik hududi ustida Isroil tomon otilgan raketani urib tuşirgan.

Husiylar raketa uçirişi ortidan Saudiya Arabistoni armiyasining barça tarmoqlarida yuqori ogohlantiriş protokollari faollaştirildi.

Agentlik eslatişiça, şu yilning aprel oyida Ar-Riyod husiylar bilan dastlabki sulh tuzganidan beri Saudiya Arabistoni harbiy xizmatçilari birinçi marta öldirilmoqda. Vaziyat avj olişdan oldin, sentyabr oyida Saudiya koalitsiyasida xizmat qilgan tört nafar Bahrayn rasmiysi halok bölganiga qaramay, tomonlar kelişuvga erişişga yaqin edi.

Yamanda 2011 yilda «arab bahori» paytida prezident Ali Abdulla Solih hokimiyatdan ağdarilgan, oradan uç yil ötib mamlakatda fuqarolar uruşi boşlangandi. Keyin husiylar (şia musulmonlari) mamlakat poytaxti Sana şahrini nazorat ostiga oldilar va keyingi yili hokimiyatni qölga olganini eʼlon qilişdi. Janubiy Yamandagi sunniy partiyalar husiylarning hokimiyatni egallaşini tan olişmadi.

Sunniylarni 2015 yilda Yamanga bostirib kirişini uyuştirgan Saudiya Arabistoni qöllab-quvvatlaydi. Yaman husiylarini Yaqin Şarqdagi boşqa şia guruhlari qatori Eron ham qöllab-quvvatlaydi.


Manba: xabar.uz

×