56 yoşli irlandiyalik ayol lotereya jekpotidagi ğoliblik hayotini buzib yuborganini aytgandi. Yaqinda bu ayolning jasadi topilgan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Politsiya uning ölimida şubhali narsa topmagan, ammo ekspertiza belgilangan. Britaniyalik ayol turmuşga çiqmagandi, lekin uning tört nafar uka-singillari bor edi.
2013 yili Margaret Louri lotereyada 27 million funt yutib oladi. U yutuqlarning bir qismini köçmas mulkga sarflagan. Şuningdek, muhtojlarga uy qurişni ham rejalaştirgan va boyligining yarmini xayriya işlariga sarflagan.
Keyinçalik, ayol, odamlar undan «millionlarni öğirlab olganini» aytadi va yutuqdan puşaymon böldi.
«Men ilgari baxtli edim. Men insonman va bu jekpot şunçaki hayotimni barbod qildi», degandi u.
Sotib olingan mulklari bir neça bor yoqib yuborilgan. 2015 yilda ayol taksi haydovçisini haqorat qilgani uçun axloq tuzatiş işlariga hukm qilingan. 2018 yilda u sobiq işçisiga 30 ming funt tölaşi kerakligi haqida sud qarori çiqarilgan. Sababi u xodimni haqorat qilgan va nohaq işdan haydagan.
2019 yilda Lovri lotereyadagi ğalaba uning uçun dözaxga aylanganini aytgan.









