Surxondaryoda ayol eri tomonidan ayovsiz kaltaklandi

Surxondaryoda ayol eri tomonidan ayovsiz kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida yaşovçi ayol eri tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga viloyat Içki işlar boşqarmasi munosabat bildirdi.

IIBning yozişiça, joriy yil 15 avgustdan 16 avgustga ötar keçasi, tungi soat 02:30 da Termiz şahrining Mehrabod mahallasida yaşovçi fuqaro T.E. hamda uning turmuş örtoği J.E. örtasida kelib çiqqan oilaviy nizo oqibatida fuqaro T.E. turmuş örtoğining yuz-çakka va quloq sohasiga urib jarohat yetkazgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz şahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari amalga oşirilmoqda. Holat yuzasidan qonuniy çora körilişi taʼminlanadi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan ayol turmuş örtoğining doimiy tazyiq yoki zöravonligi ostida bölib kelgani vaji ilgari jabrlanuvçi IIOga xabar bermaganini inobatga olgan holda, alohida örganilmoqda”, deyiladi xabarda.

Tarmoqlarda sizdirilgan xabarlarda aytilişiça, jabrlanuvçining turmuş qurganiga olti yil bölgan. U uzoq vaqt davomida eridan tahqir va kaltaklarga çidab kelgan. U sönggi marta 16 avgust kuni turmuş örtoği tomonidan şafqatsiz kaltaklangan. Ayol eri uxlab qolgunça kutib, tong saharda kiçik bolasi bilan uydan qoçib ketgan. U uyidan deyarli heç narsasiz, qölida faqat bolasini kötarib çiqqan. Kaltaklanganidan söng uning yuzida soğ joyi qolmagan.


×