2019 yilning 27 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya AQŞga taşrifi doirasida Vaşington şahrida muzokaralar ötkazdi.
AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisining yangi tayinlangani örinbosari Mett Pottinger bilan qisqa uçraşuv bölib ötdi. U Afğonistondagi vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça mamlakatining saʼy-harakatlarini muntazam qöllab-quvvatlagani uçun Özbekiston rahbariyatiga minnatdorlik sözlarini yetkazişni söradi.
Taʼkidlanganidek, Vaşington prezident Donald Trampning Janubiy Osiyodagi strategiyasini amalga oşiriş, jumladan Markaziy Osiyodagi mintaqaviy savdo-iqtisodiy va infratuzilma jarayonlariga Afğonistonni faol jalb qilişda Özbekistonni işonçli va asosiy şerik deb hisoblaydi.
Şuningdek, Milliy xavfsizlik kengaşining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça katta direktori Liza Kyortis bilan ham muzokaralar bölib ötdi.
Uçraşuvda 22 sentyabr kuni Nyu-York şahrida bölib ötgan «C5+1» vazirlar uçraşuvining mazkur şakldagi hamkorlikning zarur ekanligini yana bir bor tasdiqlagan samarali yakunlari mamnuniyat bilan taʼkidlandi.
Liza Kyortis Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş va işonç muhitini mustahkamlaşda Özbekistonning faol pozitsiyasini alohida qayd etdi. U Özbekistonning Yaqin Şarqdagi qurolli mojarolar hududidan ayollar va bolalarni qaytariş böyiça saʼy-harakatlarini olqişladi hamda mazkur masala böyiça kömak berişga tayyor ekanligini bildirdi.
Suhbat davomida ikki tomon kun tartibining boşqa masalalari jumladan siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanatar aloqalarni rivojlantirişning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.
Manba: Aniq.uz









