“Qovun tuşirgan” Lukaşenko yoxud Zelenskiy qanday qilib uning “ötakasini yordi” (video)

“Qovun tuşirgan” Lukaşenko yoxud Zelenskiy qanday qilib uning “ötakasini yordi” (video)

Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Belarus va Ukraina regionlarining Jitomirdagi forumida Ukrainani yanglişib Rossiya deb atadi.

“Bilasizmi, Vladimir Aleksandroviç, Rossiya mintaqalarining bu maydonçasi, mintaqalar rahbarlarining bevosita aloqalari bizga 6 mlrd. dan köproqqa tezroq yaqinlaşişga yordam berdi...”, - deb aytgan Lukaşenko nutqi vaqtida.

Vladimir Zelenskiy Belarus prezidentining gapini bölib: “Ukrainaning, Aleksandr Grigoreviç”, - deya uning gapini tuzatgan Zelenskiy.

Lukaşenko bunga javoban hazil tariqasida Zelenskiyga: “Men qörqib ketdim, öylabmanki, nahotki “Vladimir Vladimiroviç” (Rossiya prezidenti Putinning ism-şarifini nazarda tutgan holda – tahr.) deb yuborgan bölsam.

Uning sözlaridan keyin zalda kulgi kötarilgan.

×