44 yoşli ayol oğir ahvolda RŞTTYOIM Namangan filialiga turli jiddiy jarohatlar bilan olib ketilgan. Voqea sodir bölganiga 5 kun bölişiga qaramasdan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlamagan.
Namangan şahrida ayol sobiq turmuş örtoği va uning bir guruh qarindoşlari tomonidan ölasi qilib kaltaklandi. Bu haqda Effect.uz’ga jabrlanuvçining akasi maʼlum qildi.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 23 fevral kuni Namangan şahar «Ziyokor» MFYda joylaşgan xonadonda ikki nafar farzandi bilan istiqomat qilayotgan 44 yoşli (1978 tuğilgan) M.S 18:00 atrofida sobiq turmuş örtoği va uning qarindoşlari tomonidan nomaʼlum sabablarga köra kaltaklangan.
Ayolni kaltaklaşga kelganlar hattoki voyaga yetmagan bolalarga ham qöl kötarişgaça borişgan. Şundan söng, vahşiylik qurboniga aylangan onasining ahvolini körgan qizlar, Içki işlarga murojaat qilişgan. Içki işlar xodimlari voqea joyiga yetib kelib, zudlik bilan tez tibbiy yordam çaqirib, suriştiruv işlarini olib borişgan.
Mazkur voqea haqida ayolning akasi şunday deydi:
«Singlimni RŞTTYOIM Namangan filialiga turli jiddiy jarohatlar bilan olib ketilgan. Voqea bölganiga 5 kun böldi, lekin singlimizning qanday ahvolda ekanligini közimiz bilan körganimiz yöq. Uning oldiga kiritişmayapti. Hozirga qadar sud-tibbiy ekspertiza ham tayinlanmadi.
Iltimos, singlimizni ahvolidan xavotirlanayotganimiz uçun uni körişga bir marta bölsa ham şaroit qilib berib turişlarini viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasidan sörab qolamiz»
Mazkur holat böyiça tegişli taşkilotlar tomonidan rasmiy maʼlumot berilişini kutib qolamiz.
Manba: Effect.Uz









