AQŞ Prezidenti Donald Tramp özining yaqin siyosiy doirasi bilan kelajakdagi ehtimoliy vorisi masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda joriy yilning 22 fevral kuni “Axios” naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, hozirda Tramp ikki asosiy nomzodni körib çiqmoqda – vitse-prezident Jey Di Vens va davlat kotibi Marko Rubio. Naşrning bir qator manbalarga tayanib maʼlum qilişiça, hukumatda voris masalasidagi suhbatlar sönggi vaqtlarda tez-tez muhokama qilinmoqda. Şu bilan birga, Trampning Rubioni oçiqçasiga maqtaşi uning Vens bilan munosabatlari sovuqlaşganini anglatmaydi. Oq uyga yaqin manbalarga köra, Prezident hali yakuniy qarorga kelmagan.
Naşrga köra, vitse-prezident Vens allaqaçon siyosiy maslahatçilar jamoasini şakllantirgan bölib, ular 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida ehtimoliy kampaniya uçun asos bölişi mumkin. Bu esa Vensning saylov poygasiga tayyorgarlik körayotganini körsatadi. Davlat kotibi Marko Rubio esa hozirça bunday tuzilmaga ega emas. Şunga qaramay, agar Vens prezidentlikka nomzodini qöysa, uni qöllab-quvvatlaşini bildirgan.
Manbalarga köra, Tramp hozirça rasmiy ravişda öz vorisini eʼlon qilişni istamayapti. Bunga Prezident jamoasini amaldagi vazifalardan çalğitmaslik va omma oldida turli qarama-qarşiliklarning oldini oliş sabab bölişi mumkin.
Bir muddat oldin Tramp intervyularining birida Respublikaçilar partiyasida 2028 yilgi saylovlarda uning siyosiy yönalişini davom ettira oladigan kuçli nomzodlar borligini taʼkidlagan. Şuningdek, 2025 yil dekabr oyida amerikalik tadbirkor Ilon Mask ham Trampdan keyin AQŞga Jey Di Vens rahbarlik qilişi mumkinligini taxmin qilgan.









