«RIA Novosti»ning yozişiça, AQŞ prezidentligiga nomzod milliarder Maykl Blumberg amerika yetakçisi Donald Trampdan qutuliş uçun hamma pulini sarflaşini maʼlum qildi.
Forbes.com: Maykl Blumberg dunyo boylari reytingida özining 58,4 mlrd AQŞ dollari bilan 9-örinni egallagan.
«Asosiy maqsadim — Donald Trampdan qutuliş. Trampdan xalos böliş uçun hamma pulimni sarflayman... Nimani xohlayapsiz, köp pul sarflaşimni yoki kam?» — deydi Blumberg «Reyter» agentligiga bergan intervyusida.
Blumberg noyabrda saylovoldi poygasiga qöşildi va, OAVning xabariga köra, televizion reklamaga qariyb 200 million dollar sarfladi. Blumberg Trampning faol raqiblaridan biri hisoblanadi va saylovda uni yengişini vaʼda bermoqda. Biroq demokratlardan yagona nomzodini körsatiş uçun, birinçi navbatda, partiya içidagi saylovda (praymeriz) ovoz beruvçilar, keyin esa iyulda partiya kengaşi vakillarining aksariyati qöllab-quvvatlaşi zarur. Hozir bu masalada Blumberg partiyadoşlari orasida beşinçi örinda bormoqda. Bu borada yetakçi Jo Baydendan qariyb 20 foiz orqada qolmoqda.
AQŞ prezidentligiga saylovlar 2020 yil 3 noyabrda ötkaziladi.









