Rasman: Maqsuda Vorisova prezidentlikka nomzod böldi

Rasman: Maqsuda Vorisova prezidentlikka nomzod böldi

Bugun, 6 sentyabr kuni Toşkent şahrida Özbekiston Xalq demokratik partiyasining XII qurultoyi bölib ötdi.

Unda partiya aʼzolari tomonidan hududlardan saylangan delegatlar, partiya Markaziy Kengaşi aʼzolari, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, partiya faollari iştirok etdi.

Qurultoy kun tartibida “Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod körsatiş töğrisida”gi, “Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning saylovoldi dasturi töğrisida”gi masalalar körib çiqildi.

Partiya Markaziy Kengaşining 7 avgust kuni bölib ötgan plenumida Xalq demokratik partiyasidan ÖzXDP Markaziy Kengaşi rais örinbosari, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Maqsuda Azizovna Vorisova nomzodini ilgari suriş haqida qaror qabul qilgan edi.

Qurultoyda Özbekiston Prezidenti saylovida Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Azizovna Vorisovani nomzod sifatida körsatiş haqida yakdil qaror qabul qilindi.

Qurultoyda Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisovaning Saylovoldi dasturi muhoqama qilindi.

Dastur loyihasining asosiy maqsadi mamlakatda ijtimoiy tenglik va xalq demokratiyasi mezonlariga mos bölgan davlat va jamiyat barpo etişdir.

Dastur loyihasida töqqizta yönalişda taklif va taşabbuslar ilgari surilmoqda. Xususan:

•    aholining daromadiga qarab tabaqalaştirilgan soliq soliş tizimini joriy etiş;

•    har bir insonning minimal ijtimoiy xizmatlarni bepul olişini qonunçilik darajasida kafolatlaş;

•    olis va çekka hududlarda şifokorlar hamda öqituvçilarga bölgan ehtiyojni qoplaş uçun “Qişloq şifokori” va “Qişloq öqituvçisi” dasturlarini amalga oşiriş, ularni moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriş tizimini qonunçilik asosida mustahkamlaş;

•    aholining kam taʼminlangan qatlamlariga bepul, sifatli va tölaqonli, şu jumladan profilaktika tibbiy xizmatlarni öz içiga olgan tibbiy yordam körsatiş;

•    yoşlarning kasb-hunar tanlaşi, bepul va sifatli taʼlim olişi, öquv muassasalarini tugatgandan söng işga joylaşiş kafolatini mustahkamlaş;

•    pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvçilarning hayotiy ehtiyojlarini tölaqonli qondirişni kafolatlaydigan pensiya va ijtimoiy taʼminotning maqbul tizimni şakllantiriş;

•    kam taʼminlangan, lekin boqimandalik kayfiyatida yurgan fuqarolarni jamiyatimizning faol iştirokçisiga aylantiriş;

•    nogironligi bölgan şaxslarga oid xalqaro meʼyorlar va standartlarni milliy qonunçilikka implementatsiya qiliş;

•    umumxalq ahamiyatiga ega iqtisodiyot tarmoqlarining boşqaruvida davlat iştirokini mustahkamlaş.

Qurultoyda Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga Xalq demokratik partiyasidan körsatiladigan nomzodning Saylovoldi dasturi tasdiqlandi.

×