Toşkent şahri hamda Namangan viloyatida qalbaki pullar savdosi bilan şuğullanganlar uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Namangan şahrida yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan şaxs özining jinoiy şerigi bölgan 1972 yilda Jizzax viloyatida tuğilgan, hozirda Toşkent şahrida yaşovçi, muqaddam bir neça marotaba sudlangan fuqaro bilan özaro til biriktirib, 100 AQŞ dollari kupyuradagi, qalbaki bölgan jami 19 900 AQŞ dollarini xaridorga 14 000 AQŞ dollariga sotgan paytda qölga olingan.
Qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Toşkent şahrida qayd etilgan holatda esa, Namangan viloyatining Çust tumanida yaşovçi, 1997 yilda tuğilgan şaxs poytaxtlik fuqaroning işonçiga kirib, uni aldab, göyoki qalbaki bölgan 100 AQŞ dollari kupyurali jami 10 ming AQŞ dollari, 100 ming söm kupyurali 10 mln söm va 50 ming söm kupyurali 5 mln söm pullarni haqiqiy 5500 AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan.
Tezkor tadbirda soxta pullarni sotmoqçi bölgan paytda aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Hozirda uşbu şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari boşlangan.









