Namangandagi savdo dökoniga kirib, telefonlarni öğirlagan 21 yoşli yigit uşlandi, deya xabar qilmoqda Tergov departamenti.
Maʼlum qilinişiça, 2021 yilning 8 mart kuni soat 03:00 larda nomaʼlum şaxs Yangiqörğon tumani «Beşbuloq» MFYda joylaşgan Best nomli savdo dökoniga devorini teşiş orqali ğayriqonuniy ravişda kirgan.
U dökonda bölgan 27 yoşli O.O.ga tegişli 13 dona narxi 450 AQŞ dollarlik Artel rusumli, 9 dona narxi 7 million sömlik Samsung A9 rusumli uyali telefon apparatlari, seyf içida bölgan 370 AQŞ dollar hamda 1,5 million söm pul mablağlarini yaşirin ravişda öğirlab, hodisa joyidan yaşiringan.


Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida uşbu jinoyatni sobiq dökon işçisi bölib işlagan 21 yoşli A.T. sodir etgani, u dökon yonida joylaşgan qarovsiz qassobxonaga kirib, qassobxona bilan dökon örtasidagi DSPʼdan yasalgan devorni buziş orqali kirgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqörğon tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (uy-joy, omborxona yoki boşqa xonaga ğayriqonuniy ravişda kirib sodir etilgan öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.









