Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi koloniyada saqlanayotgan diniy olim va bloger, “Azon Global” axborot-tahliliy portali asosçisi Mubaşşir Ahmad (Alişer Tursunov) soğliği yomonlaşgani sabab Toşkentdagi Jazoni ijro etiş departamentiga qaraşli “Sangorod” şifoxonasiga köçirildi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Taşanov maʼlum qildi.
Uning aytişiça, Tursunov qandli diabetning oğir şakli bilan hastalangan. Şu sababli IIV Jazoni ijro etiş departamenti insonparvarlik tamoyillari asosida jazoni yengilroq çoraga almaştiriş böyiça sudga taqdimnoma kiritişiga umid bildirilmoqda.
Maʼlumot uçun, 2025 yilning 8 oktyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudi hukmi bilan Mubaşşir Ahmad Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş) 2-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 3-qismi “g” bandi va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatiş)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlaş) qöllagan holda 59 (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) va 61 (jazolarni qöşişning hisoblaş qoidalari) moddalari tartibida 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.









