Quyuq tuman Özbekiston aeroportlari işini çekladi

Quyuq tuman Özbekiston aeroportlari işini çekladi

Bugun, 3 yanvar kuni tunda Urganç va Nukus aeroportlarida kuçli tuman kuzatilgani parvozlarga taʼsir ötkazdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Urganç aeroportidagi quyuq tuman tufayli “Aeroflot” aviakompaniyasining Moskvadan parvoz qilayotgan AFL1976 reysi soat 03:25 da “Şeremetevo” aerportidan uçib keta olmagan.

Yana ikkita reysda ham xuddi şunday vaziyat kuzatilgan: “S7 Airlines” aviakompaniyasining Samara—Urganç yönalişi böyiça soat 04:35 da uçişi kerak bölgan SBI6481 reysi hamda “Ural” aviakompaniyasining Sankt-Peterburgdan soat 03:30 da uçişi kerak bölgan SVR2473 reysi amalga oşmagan.

Ayni vaqtda samolyotlar Urgançdagi ob-havo şaroitlari yaxşilangunga qadar jönatuvçi-aeroportlarda qolmoqda.

Kuçli tuman — köriş masofasi 200 metr — şuningdek, Nukus aeroporti faoliyatini çeklab qöygan. “Uzbekistan Airways”ning ikki reysi Toşkentga parvozini kutmoqda. Bundan taşqari, soat 11:30 da Nukus—Aqtau yönalişi böyiça uçişi kutilayotgan reys ham keçiktirilişi mumkin.

×