Namangandagi meteorologik sabablarga köra havo kemalarini xalqaro aeroportga qabul qiliş va jönatiş vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Uzbekistan Airways axborot xizmati maʼlum qildi.
Xususan, Jazeera Airways aviakompaniyasining Quvaytdan Namanganga yöl olgan J9645 reysi Qirğizistonga yönaltirildi. Samolyot Bişkek aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 09:31 da qöndi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Omsk-Namangan yönalişi böyiça uçgan HY9810 reysi Toşkent aeroportiga yönaltirildi va mahalliy vaqt bilan soat 07:55 da kelib qöndi. Soat 05:50 ga belgilangan HY9825 (Namangan – Soçi) reysining uçişi esa keçiktirildi. Samolyot Namangan aeroportida ob-havo şaroiti yaxşilanişini kutmoqda, şundan söng u belgilangan manzilga uçib ketadi.
Dubaydan mahalliy vaqt bilan soat 01:20 da uçib kelişi kerak bölgan Flydubai aviakompaniyasining FZ781/782 yölovçi reysi Namangandagi noqulay ob-havo şaroiti tufayli uçiş aeroportida ob-havo şaroiti yaxşilanişini kutmoqda.
Namangan aeroportida xabar qilinganidek, ob-havo şaroiti asta-sekin yaxşilanmoqda. Aeroport yaqin bir neça soat içida samolyotlarni qabul qiliş va jönatişga qöyilgan çeklovlarni bekor qilişi mumkin.









