Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy öz muzokara guruhiga Jenevada Ukraina, AQŞ va Rossiya yetakçilari darajasidagi uçraşuvni taşkil etiş vazifasini topşirganini maʼlum qildi. Bu haqda u keça, 18 fevral kuni “Axios” naşriga bergan intervyusida aytgan.
Zelenskiyning sözlariga köra, hududiy masala böyiça muzokaralarda siljişga erişişning eng yaxşi yöli – Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan şaxsan uçraşişdir. Şu munosabat bilan u oliy darajadagi tegişli aloqalarni tayyorlaş böyiça topşiriq bergan.
Naşr xabariga köra, amerikalik vositaçilar mojaroni hal etişning şunday variantini taklif qilgan: unga köra, ukrain qöşinlari özlari nazorat qilayotgan Donbass hududlaridan çiqib ketadi, mazkur hudud esa demilitarizatsiya qilingan “erkin iqtisodiy zona” maqomini oladi. Ayni paytda Vaşington uşbu hudud ustidan qaysi davlat suverenitetga ega bölişi masalasida aniq pozitsiya bildirmagan.
Zelenskiy qöşinlarni olib çiqiş masalasini muhokama qilişga tayyorligini aytgan, biroq Moskvadan ham öz kuçlarini teng masofaga çekinişiga çaqirgan va Rossiyaning mazkur zona ustidan suverenitet daʼvolarini rad etgan.
Ukraina Prezidenti, şuningdek, muzokaralarning ikkinçi bosqiçida Rossiya vakillari Moskva rahbariyati bilan maslahatlaşib, hududiy masala yuzasidan yanada batafsil pozitsiya taqdim etişga vaʼda berganini maʼlum qilgan.









