«Putin yadroviy şantajni boşladi» — Zelenskiy

«Putin yadroviy şantajni boşladi» — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin yadro qurolidan foydalaniş töğrisida blef qilayotganiga işonmasligini aytdi.

“U butun dunyoni qörqitmoqçi. Bu uning yadroviy şantaji yölidagi birinçi qadamlari. Men uni yolğondakam pöpisa qilyapti, deb öylamayman. Ular bizning AESni va Energodar şahrini nişonga olişdi va işğol qilişdi. 

Uşbu AESda ham oltita blok bor... Bu oltita Çernobil blokiga öxşaydi. Bir neça kun oldin ular Janubiy Ukrainadagi yana bir atom elektr stantsiyasini öqqa tuta boşlaşdi. 

Öylaymanki, dunyo uni va uning bu tahdidini tiyib turibdi. Biz unga bosim qilişda davom etişimiz, bu işni davom ettirişiga yöl qöymasligimiz kerak”, — degan Zelenskiy özining sönggi intervyusida

Eslatib ötamiz, 21 sentyabr kuni Vladimir Putin mamlakat böylab qisman safarbarlik eʼlon qiliş töğrisida farmon imzoladi.


×