Tramp Xitoyga boradi. U Putin bilan uçraşişi mumkin

Tramp Xitoyga boradi. U Putin bilan uçraşişi mumkin

AQŞ Prezidenti Donald Tramp joriy yil noyabr oyida Xitoyda bölib ötadigan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitida iştirok etmoqçi. Bu haqda u bugun, 25 sentyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin bilan uçraşuv çoğida aytdi.

“Biz taşrif buyuramiz va juda köp narsalarni muhokama qilamiz”, deydi Tramp Si Tszinpin bilan uçraşuvda.

“RIA Novosti”ning yozişiça, Rossiya Prezidentining yordamçisi Yuriy Uşakov Vladimir Putin va Tramp noyabr oyida APEC sammiti doirasida şaxsan uçraşişlari mumkinligini maʼlum qilgan. Uning sözlariga köra, agar Prezidentlar bir tadbirda iştirok etsa, ularning muzokaralari muqarrar böladi. 


Şuningdek, bir neça kun oldin Oq uy rahbari Putin bilan yana bir uçraşuv ötkazişi mumkinligini aytgan. Bundan taşqari, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Rossiya – AQŞ – Ukraina örtasidagi uç tomonlama muzokaralar yaqin orada bölib ötişi mumkinligini, ammo hozirça aniq maʼlumot yöqligini maʼlum qilgan.

Şu bilan birga, AQŞ Davlat departamenti rahbari Marko Rubio Vladimir Putinni Mayamidagi G20 sammitiga rasman taklif qilgan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Mayamida Tramp va Putin bilan uçraşuvi bölib ötişi mumkinligini istisno etmagan.


×