Putin tez orada öladi – Zelenskiy

Putin tez orada öladi – Zelenskiy

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlarning Rossiya rahbari oldidagi ustunliklari haqida savoliga javob berar ekan, uning tez orada ölişini taʼkidladi. Bu haqda “Strana” xabar berdi.

“Putin tez orada öladi, bu haqiqat. Va uning tinç va omadsiz tarixiy hayoti nihoyasiga yetadi”, dedi Ukraina Prezidenti jamoat telekanallariga bergan intervyusida.

Rossiya Prezidenti oldidagi ustunliklari haqida söz yuritarkan, Zelenskiy öz yoşini ustunlik sifatida keltirgan.

“Men Putin bilan soliştirganda yoşman, menga pul tikaveringlar. Mening istiqbolim yaxşiroq”, deya qöşimça qilgan Zelenskiy.

Naşrning yozişiça, bundan avval ham Zelenskiy Ğarb OAVga bergan intervyusida “Putinning tez orada ölişi” haqida gapirgan.

“Men hayotni va erkinlikni yaxşi köraman. Şu sabab men erkinlik uçun kuraşmoqdaman. Menda vaqt bor, lekin unda (Putinda) yöq. U albatta tez orada öladi. Lekin men hali yaşaşni, yurişni xohlayman. Siyosatdan keyin dunyoni keziş qiziq böladi. U esa bunday imkoniyatga ega emas”, degan öşanda Ukraina Prezidenti.

Şunga öxşaş bayonot Zelenskiy tomonidan Netflix’ning “Mening keyingi mehmonim taniştirişga muhtoj emas” dasturidagi maxsus sonda ham aytilgan.

Öşanda Zelenskiy agar Vladimir Putin ölsa, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi ham tugaşini, çunki Rossiya institutlari faoliyati töxtaşini va siyosatçilar içki muammolar bilan band bölib qolişini aytgan. Şuningdek, u Rossiya Prezidenti ölimdan qörqişini, şu bois Ukrainada yadro qurolidan foydalanmasligini ham taʼkidlagan.

“Men uning yaşaş istagini körganman, u hayotni juda yaxşi köradi. U hatto uzun stol ortida ötiradi, COVID yoki boşqa kasalliklarga çalinişdan qörqadi. Bu esa uning ölimdan qörqişini va hayotni sevişini anglatadi. Men u yadro qurolini qöllaşga tayyor ekaniga işonmayman”, degan Ukraina Prezidenti.

Maʼlumot örnida, Rossiya yetakçisi Vladimir Putinga hozirda 72 yoş, Ukraina yetakçisi Vladimir Zelenskiy esa 47 yoşda ekani keltirilgan.


Teglar:
×