Prezident yangi qaror qabul qildi

Prezident yangi qaror qabul qildi

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlaniş institutini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim şaroitida qişloq xöjaligi ekinlaridan, jumladan, mevali va yonğoq mevali, sabzavot, poliz, don-dukkakli ekinlardan yuqori hosil oliş, ularning kasallik va zararkunandalariga qarşi kuraşiş, ilğor, intensiv agrotexnologiyalarni joriy qiliş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş, qayta işlaş, suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxşilaş uçun zamonaviy bilim va könikmalarga ega oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlarga bölgan ehtiyojni qondiriş maqsadida:

Qişloq xöjaligi vazirligi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Toşkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlaniş institutini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

tuproq-iqlim şaroitidan kelib çiqib hududlarni ixtisoslaştiriş, eksportbop va daromadbop qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştirişni taşkil etiş, qişloq xöjaligida innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni hamda raqamlaştirilgan agrotexnologiyalarni joriy qiliş böyiça zamonaviy bilimlarga ega bölgan kadrlar tayyorlaş;

öquv maşğulotlari, malakaviy amaliyotlarni ötaşda talabalarni innovatsion va yangiça fikrlaşga yönaltiradigan yangi öqitiş texnologiyalari hamda ularning mustaqil izlanişini taʼminlovçi mexanizmlarni keng joriy etiş;

Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim şaroitida qişloq xöjaligi ekinlarini, jumladan, mevali va yonğoq mevali, sabzavot, poliz, don-dukkakli, subtropik va tropik ekinlarni parvarişlaşning bio-, nano- va resurstejamkor hamda intensiv texnologiyalarini işlab çiqiş;

Institut yer maydonlarida içki va taşqi bozor ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda, qişloq xöjaligi ekinlarining serhosil, şör va qurğoqçilikka, kasallik hamda zararkunandalarga çidamli, mahsulot sifati yuqori bölgan nav va duragaylari selektsiyasi hamda uruğçiligini yölga qöyiş;

ilmiy xodimlarning ilğor innovatsion texnologiyalarni yaratiş böyiça taşabbuskorligini qöllab-quvvatlaş, ularning novatorlik ğoyalarini işlab çiqarişga joriy etişga kömaklaşiş;

klasterlar, kooperatsiyalar, fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari uçun körgazmali dala maydonlarini taşkil etiş hamda tavsiyalar işlab çiqiş;

rivojlangan xorijiy ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarida professor-öqituvçilar, ilmiy xodimlar va magistrlarning malakasini oşiriş.

Institutda 2021/2022 öquv yilidan boşlab:

bakalavriat taʼlim yönalişlarida taʼlimning kredit-modul tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Bunda, talabalar uçun haftaning şanba kuni mustaqil özlaştiriş kuni deb belgilanadi;

xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda taşkil etiladigan qöşma taʼlim dasturlarining öquv rejalari va fan dasturlari xorijiy hamkorlar bilan kelişilgan holda mustaqil tasdiqlanadi.

Institutning faoliyati Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan muvofiqlaştiriladi.

×