Qodirov öğli avtohalokatga uçraganini rad etdi

Qodirov öğli avtohalokatga uçraganini rad etdi

Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov öğli va mintaqa Xavfsizlik kengaşi kotibi Adam Qodirov iştirokidagi yöl-transport hodisasi haqidagi maʼlumotni “soxta taşviqot” deb atadi. Bu haqda u keça, 9 fevral kuni respublika prokurori Arsan Adayev bilan uçraşuvda maʼlum qildi.

“Sunʼiy intellekt yordamida istalgan odamni aldaş mumkin. Mamlakat böyiça 128 mingta avariya sodir böldi, 13 009 kişi halok böldi, lekin bunga heç kimning işi yöq, heç kim heç narsa demayapti. Qayerdandir paydo bölgan Qodirovning öğli iştirokidagi avariya haqidagi taşviqot esa dunyo yangiliklarida birinçi öringa çiqdi”, deydi Çeçeniston rahbari.

U şuningdek, mintaqada internet tarmoğidagi jinoyatlarga qarşi kuraş çoralarini kuçaytiriş rejalari haqida ham maʼlum qildi.

“Soxta xabarlarga qarşi kuraş dolzarbligi alohida örin tutadi. Bu mavzu butun mamlakat uçun juda muhim, biroq respublikamizga oid işonçsiz maʼlumotlar negadir doimo media sohasida alohida şov-şuvga sabab böladi”, deya qöşimça qilgan Qodirov.


×