Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan 3 nafar özbekistonlik avtohalokatga uçradi. Qurbon bor

Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan 3 nafar özbekistonlik avtohalokatga uçradi. Qurbon bor

Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan uç nafar özbekistonlik Polşa çegarasida avtohalokatga uçradi. Ulardan biri vafot etgan. Bu haqda Özbekistonning Ukrainadagi elçisi Alişer Kurmanov özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasining uç fuqarosi: Hakimov Otabek Ravşanbek öğli (2001 yilda tuğilgan), Xusainov Behzod Jamoliddin öğli (2001 yilda tuğilgan) va Solohiddinov Şerzod Şavkat öğli (2001 yilda tuğilgan) Polşa çegarasiga kiraverişda avtohalokatga uçragan.

Dahşatli fojia oqibatida Otabek Hakimov voqea joyida vafot etgan. Qolgan ikki talaba Lvovdagi şahar şifoxonasiga joylaştirilgan.

Alişer Kurmanovga köra, Özbekistonning Kiyevdagi Elçixonasi zudlik bilan elçixona köngillilari guruhi vakili, malakali şifokor Temurbek Yusupovni Lvovga jönatgan. Uning Lvovga kelişi bugun, 5 mart kuni kutilmoqda.

“Otabek Hakimovning yaqinlariga hamdardlik bildirgan holda, jabrlangan vatandoşlarning barça qarindoşlari va yaqinlarini işontirib aytamizki, Elçixona ularning hayotini saqlab qoliş, jumladan, dori-darmonlar bilan taʼminlaş va Ukrainaning yetakçi şifokorlari bilan maslahatlaşiş uçun barça saʼy-harakatlarini amalga oşiradi”, deyiladi xabarda.

Taʼkidlanişiça, Elçixona O.Hakimovning jasadini eng tez vaqtda öz Vataniga jönatiş böyiça saʼy-harakatlarni amalga oşiradi. 

“Şu bilan birga, biz bu masalani hal qiliş mamlakatda olib borilayotgan harbiy harakatlar va ommaviy evakuatsiya tufayli murakkablaşayotganini tuşunişingizni söraymiz”, deyiladi xabarda.

×