Epşteyn tirik ekani aytilmoqda

Epşteyn tirik ekani aytilmoqda

Internetda Jeffri Epşteyn tirik bölişi mumkinligi haqidagi nazariya tarqaldi. Bu haqda “Primetimer” naşri xabar berdi.



Bunga göyoki u bilan boğliq bölgan Fortnite akkauntining faolligi sabab bölgan. Gap littlestjeffi taxallusi bilan oçilgan profil haqida ketmoqda. Maʼlumotga köra, uşbu akkaunt 2019 yildan keyin Isroil hududida faol bölgan bölişi mumkin. 

Xabarlarga köra, Epşteyn işi böyiça fayllarning yangilangan versiyalarida uşbu foydalanuvçi nomining moliyaçi bilan boğliqligi haqida eslatmalar mavjud. Bu boğliqlik turli raqamli izlar, jumladan, YouTube’dagi obunalar orqali aniqlangan. Internetdagi qiziqiş kuçayganidan söng, xabarlarga köra, mazkur profil yopiq rejimga ötkazilgan.

Şu bilan birga, rasmiy hujjatlarda Jeffri Epşteyn 2019 yil 10 avgust kuni Nyu-Yorkdagi qamoqxonada vafot etgani qayd etilgan. Ayrim daʼvolarga köra, littlestjeffi profilining mavjudligi va sönggi kunlardagi faolligi bu maʼlumotlarga şubha uyğotmoqda.

Epşteyn işi böyiça fayllarning sönggi yangilanişlarida ilgari eʼlon qilinmagan materiallar çop etilgan. Ular orasida Epşteynning jasadi tasvirlangan suratlar, sud-tibbiy oçiş hisobotlari, psixologik xulosalar hamda qamoqxona içki hujjatlari mavjud.

Epşteyn fayllarida paydo bölgan özbekistonlik qiz kim?north_east

Epşteyn fayllarida paydo bölgan özbekistonlik qiz kim?

Tahlilçilarga köra, internetda tarqalgan bu daʼvolar haqiqatga yaqin emas, lekin Epşteynning egizagi ham bölişi mumkin. Yana baʼzi birlar qamoqda Epşteynning özi emas, uning qiyofadoşi yoki yaqin qarindoşi ölganini aytmoqda. 

Maʼlumot uçun, Jeffri Epşteyn – amerikalik moliyaçi, investitsiya bankiri va tadbirkor. 2019 yilda u hibsga olingan va voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qiliş maqsadida odam savdosi bilan şuğullanganlikda ayblangan. Tergov materiallariga köra, Epşteyn bolalarni fohişalikka jalb etişning butun bir tizimini yaratgan.

Şuningdek, OAVda Jeffri uyuştirgan maxsus yopiq keçalar haqida maʼlumotlar tarqalgan. Uşbu şov-şuvli iş fonida ayrim siyosatçilar va şou-biznes yulduzlarining u bilan yaqin aloqalari va mojaroli tadbirlardagi iştiroki haqida ham xabarlar paydo bölgan.

Biznesmenga 40 yildan ortiq qamoq jazosi tahdid qilayotgan edi, biroq hibsga olinganidan bir oy ötib Epşteyn öz kamerasida huşsiz holatda topilgan. Keyinçalik u vafot etgan. Rasmiy versiyaga köra, Jeffri öz joniga qasd qilgan. Norasmiy versiyaga köra, u Trampning buyruği bilan yöq qilingan. 

Boşqa foydalanuvçilar esa uning hayotlik davridagi va ölimidan keyingi suratlarini soliştirib, burun, quloq va qoş şakllari bir-biridan farq qiladi, degan xulosaga kelişgan.

Bundan taşqari, yaqinda eʼlon qilingan hujjatlarda Nyu-Yorkdagi Metropoliten jazoni ijro etiş markazi xodimining xabari ham paydo bölgani aytilmoqda. Aynan şu qamoqxonada Epşteyn saqlangan edi. Qiziği şundaki, xabar moliyaçining vafot etgan kuni – 2019 yil 10 avgustda yozilgan. Xodim anonim tarzda qamoqxonaga davlat raqamisiz furgon kelgani, unga nosilkada mahbus olib kirilib, jasad almaştirilgan bölişi mumkinligini bildirgan.


Teglar:
×