Keça, 2 iyul oqşomida Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov özining yaqin hamkori, Rossiya Davlat Dumasi deputati hamda Rosgvardiyaning çeçen bölinmasi boşliği Adam Delimxonov bilan Instagram'da jonli efirga çiqdi va özining ahvoli yaxşi ekanini bildirdi.
Kadrlarda Qodirov va Delimxonovning oşxonada çoy içayotgani aks etgan.
“It hurar, karvon ötar. Biz yaşayapmiz, sekin yaşayapmiz, non çaynayapmiz. Hayot qiziq, umr qisqa bölsa, u yanada qiziq böladi. Şuning uçun ham biz uzoq yaşaşni xohlamaymiz. Biz qisqa, ammo munosib yaşaymiz”, degan Çeçeniston rahbari.
Delimxonov esa sana va vaqt körinib turgan telefon ekranini körsatgan. Unda 2 iyul soat 20:47 ekanini köriş mumkin.
“Bundan keyin ham biz belgilangan vazifalarni bajarişda davom etamiz. Va biz barça şayton va ğiybatçilarga aytmoqçimiz: Ahmad – kuçdir”, degan deputat.
Video Telegram kanallarida Qodirovning soğliğida jiddiy muammolar borligi va Delimxonovning ğoyib bölgani haqidagi xabarlar tarqalayotgan paytda eʼlon qilingan.
Maʼlumot uçun, Delimxonov oxirgi marta 14 iyun kuni omma oldida köriniş bergan. Şu kuni deputat Zaporoje viloyatining Primorsk şahrida otişma paytida halok bölgani haqida xabarlar tarqalgan. “Zvezda” telekanali Davlat Dumasiga tayanib, Delimxonov yaralangan, ammo tirik ekani haqida xabar bergan. Duma Mudofaa qömitasi rahbari Andrey Kartapolov va quyi palata spikeri Vyaçeslav Volodin buni rad etib, Delimxonovning “tirik va soğ-salomat” ekanini aytgan. Ahmad maxsus kuçlari qömondoni Apti Alaudinov Delimxonovning jarohati haqidagi xabarlarni soxta deb atagan va deputat jangovar zonada emas, balki Çeçenistonda ekanini aytgan. Şundan söng Qodirov parlament aʼzosi bilan surat va videoni eʼlon qilib, uning “tirik va soğ-salomat ekanini, hatto, jarohati ham yöqligini” aytgan.
Eslatib ötamiz, oldinroq Ramzan Qodirovning ham ölim töşagida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bunga uning Qurbon Hayiti munosabati bilan xalqini tabriklamagani va Vladimir Putinning Şimoliy Kavkaz respublikalari rahbarlari bilan ötkazgan konferentsiyasida qatnaşmagani sabab bölgan edi.
Manba: www.qalampir.uz









