Bugun, 29 may kuni Samarqand şahrida bölib ötgan muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Boş vaziri Jorjiya Meloni Strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş töğrisidagi qöşma deklaratsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ular huzurida taşrif doirasida imzolangan, jumladan:
- investitsiyalarni rağbatlantiriş va özaro himoya qiliş töğrisida;
- strategik ahamiyatga ega xomaşyo sohasida hamkorlik töğrisida;
- migratsiya va harakatlaniş erkinligi sohasida hamkorlik töğrisida;
- barqaror rivojlaniş va atrof-muhitni muhofaza qiliş, şuningdek, madaniy merosni saqlaş sohalarida hamkorlik töğrisida;
- Iqlim jamğarmasi va Italiya qişloq xöjaligi konfederatsiyasi bilan hamkorlik, "Sogesid" va "Ansaldo" kompaniyalari bilan "yaşil" rivojlaniş sohasida hamkorlik töğrisida;
- Tuşia, Piza va Turin universitetlari bilan şeriklik töğrisidagi ikki tomonlama bitimlarni almaşiş marosimi ham ötkazildi.
Şuningdek, rasmiy taşrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, "SIMEST" va "Danieli" kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boşqa taşkilotlar bilan qator hujjatlar imzolandi.









