Markaziy Osiyo davlatlaridan 2023 yilda 50 mingdan ortiq odam AQŞ çegarasini noqonuniy kesib ötgan. Bu haqda amerikalik senator Stiv Deynsga tayanib, “Daily Mail” naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, Markaziy Osiyo davlatlarining 40 ming fuqarosi boşpana beriş böyiça sud jarayonini kutmoqda. Ulardan 17 ming nafari Özbekiston, 7 ming nafari Qirğiziston, 3 ming nafari Tojikiston, 2,7 ming nafari Qozoğiston, 2 ming nafari Turkmaniston fuqarolaridir.
AQŞ çegarasidagi muhojirlar inqirozi fonida senator Stiv Deyns janubiy çegara orqali mamlakatga kirib kelayotgan terrorçilar tarmoği kuçayib borayotgani haqida ogohlantirgan. U mamlakat içida teraktlar sodir etilişi ehtimolidan xavotir bildirgan. Uning fikriça, muhojirlar “terrorçilar yaçeykasining bir qismi” bölişi mumkin.
Maʼlumot uçun, 2023 yil avgust oyida AQŞdan boşpana söragan öndan ortiq özbekistonlik muhojirlar FQB ularga mamlakat hududiga ötişga yordam bergan kontrabandaçining IŞID bilan aloqasi borligini aniqlaganidan söng tergov qilingan. Mahalliy matbuotning yozişiça, oktyabr oyidan beri FQB terrorçilar röyxatiga kiritilgan kamida 50 kişi AQŞ çegarasini kesib ötayotganda hibsga olingan.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning noyabr oyida AQŞning Özbekistondagi elçixonasi noqonuniy yöllar, xususan Meksika çegarasi orqali AQŞ çegarasini bosib kirmoqçi bölgan özbekistonliklarga ogohlantiriş bilan çiqib, ular qöyib yuborilmasligi, aksinça, immigratsiya işi hal qilingunga qadar hibsda saqlanişini maʼlum qilgandi. “Fox News” telekanali esa AQŞ çegara xizmatidagi manbaga tayanib, 18 dekabr kuni Meksikadan bir kun içida rekord darajada köp (12,6 mingdan ortiq) odam AQŞ bilan çegarani kesib ötişga uringanini xabar qilgandi.
Manba: Qalampir









