Özbekiston va AQŞ örtasida muhim foydali qazilmalar böyiça memorandum imzolandi

Özbekiston va AQŞ örtasida muhim foydali qazilmalar böyiça memorandum imzolandi

Bugun, 5 fevral kuni Özbekiston va AQŞ hukumatlari örtasida muhim foydali qazilmalar va nodir yer elementlari böyiça memorandum imzolandi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov özining Telegram-kanalida maʼlum qildi.



“AQŞ Davlat kotibining birinçi örinbosari Kristofer Landau janoblari bilan birgalikda Özbekiston Respublikasi hukumati va Amerika Qöşma Ştatlari hukumati örtasida muhim foydali qazilmalar va nodir yer elementlarini qazib oliş hamda qayta işlaş sohasida taʼminot barqarorligi töğrisida anglaşuv memorandumini imzoladik”, deydi Saidov.

Uning bildirişiça, öta muhim minerallar nafaqat iqtisodiy imkoniyat, balki masʼuliyatli hamkorlik va uzoq muddatli barqaror rivojlaniş uçun muhim yönaliş sifatida köriladi.

Qayd etiş joiz, uşbu memorandum AQŞ poytaxti Vaşingtonda ötgan öta muhim minerallar böyiça Vazirlar yiğilişida doirasida imzolandi. Mazkur yiğilişda Baxtiyor Saidov ham iştirok etgan.

“Dolzarb masalalarga bağişlangan öta muhim minerallar böyiça Vazirlar yiğilişida iştirok etdik. Mazkur platforma barqaror va xavfsiz öta muhim minerallar taʼminot zanjirlarining kelajagini muhokama qiliş uçun hamkorlarni bir joyga jamladi”, deydi Saidov.

Uning bildirişiça, Özbekiston uşbu sohada salmoqli salohiyatga ega bölib, öz sanoatini xalqaro eng yuqori standartlar — şaffoflik, ekologik masʼuliyat va qöşimça qiymat yaratişga yönaltirilgan işlab çiqariş tamoyillari asosida rivojlantirişga qatʼiy intiladi.

“Xalqaro şeriklar bilan hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş, ilğor texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etiş, şuningdek, taʼminot zanjirlarining barqarorligini mustahkamlaş va toza energetikaga ötişni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan global saʼy-harakatlarga hissa qöşişga tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, deydi Saidov.


×