Özbekiston-Frantsiya hamkorligi qançalik muhim?

Özbekiston-Frantsiya hamkorligi qançalik muhim?

Frantsiya Özbekistonning Yevropadagi eng muhim şerigi sifatida nafaqat siyosiy, madaniy, ijtimoiy balki savdo-iqtisodiy sohada ham muhim hamkorlaridan biri hisoblanadi. 


Bu hamkorlikni biz ikki davlat örtasidagi iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va texnik sohalardagi muhim kelişuvlar hamda energetika, avtomobilsozlik, geologiya-qidiruv, quriliş materiallari işlab çiqariş, turizm va boşqa sohalarda erişilayotgan amaliy natijalar orqali asoslaşimiz mumkin.


Bunday amaliy natijalarga erişişda ikki davlat örtasida taşkil etilgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo tuzilgan komissiyani alohida eʼtirof etiş kerak. Çunki bu komissiya yiğilişlari ikki davlat manfaatlaridan kelib çiqib tizimli ravişda ötkazilib bormoqda. Jumladan, 2021 yilda bu komissiya 8 ta, 2023 yilda 9 ta hamda 2024 yilda 10 ta yiğiliş ötkazdi. 

Mazkur yiğilişlarning amaliy natijasi sifatida Toşkent şahrida oçilgan “Özbekiston – Frantsiya” iqtisodiy palatasini alohida taʼkidlaşimiz mumkin. Bu palata hozirgi kunda 50 dan ortiq frantsuz va özbek kompaniyalari va tadbirkorlarini birlaştirgan. 


Agar ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni natijasiga eʼtibor qaratadigan bölsak, 2021 yilda özaro savdo hajmi 280 mln. AQŞ dollarini taşkil etgan bölsa, bu körsatkiç 2024 yilga kelib 1,1 mlrd. AQŞ dollariga yetdi yoki ötgan tört yil içida 5 barobarga oşdi. Demak bundan körinadiki Frantsiya Özbekiston uçun Yevropadagi eng muhim iqtisodiy hamkorlardan biri hisoblanadi

×