AQŞ elçixonasi «Grin karta» böyiça muhim maʼlumot berdi

AQŞ elçixonasi «Grin karta» böyiça muhim maʼlumot berdi

AQŞning Toşkentdagi elçixonasi «Grin karta» böyiça (DV-2022) muhim maʼlumot berdi. Unga köra, AQŞ elçixonasi butun dunyo böylab «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi» 2022 fiskal yil dasturi (DV-2022) böyiça suhbatga yozişda yuzaga kelgan keçikişlardan xabardor va Kentukkidagi konsullik markazi bilan yaqin hamkorlikda uşbu holatning yeçimini topiş yölida işlamoqda.

«Biz «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi» dasturini qadrlaymiz va DV-2022 dasturi böyiça murojaat etuvçilar öz viza suhbatlarini imkon darajasida tezroq ötişlari uçun bor kuçimizni sarflamoqdamiz. Toşkentda uşbu dastur böyiça ilk suhbatlar fevral oyida ötkazilişi kerak, lekin buning tasdiğini hamon kutib turibmiz. 2022 fiskal yil uçun «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi» dasturi böyiça murojaat etuvçilar öz suhbatlari vaqti va kuni haqida töğridan-töğri xabardor etiladilar», deya qayd etilgan elçixona xabarida.

Eslatib ötamiz, AQŞ DV-2023 lotereyasi (grin karta) 2021 yil 6 oktyabr kuni Toşkent vaqti bilan 21:00 da boşlanib, 2021 yil 9 noyabr soat 21:00 da tugagan edi.

×